"So‘g‘diyona" ochko yo‘qotib, "Paxtakor"ni chempion qildi

  • 16.10.2021 20:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 22-turidan o‘rin egallagan "So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. 

5-daqiqada Murod Holmuhammedov penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Elyor Oripov o‘z goli evaziga muvozanatni tikladi. O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi. 

Mazkur natijadan keyin jizzaxliklar hisobidagi ochkolar 40 taga etdi va ularga "Paxtakor"ga etib olish uchun matematik imkoniyat ham qolmadi. Ashurmatov shogirdlari hisobida hozircha 28 ochko bor va ular 9-o‘rindan joy olgan. 






Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!