"So‘gdiyona" o‘z tarkibiga "Lokomotiv" va "Bunyodkor"da o‘ynagan futbolchini qo‘shib oldi

  • 13.01.2026 21:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "So‘g‘diyona" o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub matbuot xizmati yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

"Bugun klubimiz himoyachi Abdulaziz Abdurashidov bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Faoliyati davomida Abdulaziz Abdurashidov "Lokomotiv", "Turon" va "Bunyodkor" jamoalari safida to‘p surib, o‘zini mehnatkash va ishonchli himoyachi sifatida namoyon etgan.

Abdulazizga jamoamiz safida barqaror o‘yinlar, yorqin lahzalar va katta zafarlar tilaymiz! Xush kelibsiz, Abdulaziz",— deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
13/01/2026 22:26
O-ad tilayman.