
"So‘g‘diyona" uchun "Qizilqum" noqulay raqib!
Superliga 13-tur doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Qizilqum" uchrashuvi Jizzax shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga doir statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 38 marta to‘qnash kelgan.
O‘zaro uchrashuvlarning 9 tasida jizzaxliklar g‘alaba qozongan. “Qizilqum” o‘yinlarning 16 tasida zafar quchgan. 13 ta bahsda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 50:37, “Qizilqum” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “bo‘rilar” 40 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Oltin izlovchilar”ning ochkosi 61 tani tashkil etadi.
Manba: "Qizilqum" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar