"So‘g‘diyona" yosh iqtidor egasi bilan kelishuvni uzaytirdi

  • 11 yanvar, 2023, 13:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yosh va tezkor yarim himoyachi Xislat Halilov "So‘g‘diyona" bilan 2024 yil 1 dekabrigacha shartnoma muddatini uzaytirdi.

Ma’lumot o‘rnida Xislat Halilov 2022-yilgi mavsumda 21 ta bahsda ishtirok etib, jami 1126 daqiqa maydonda harakat qildi.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak Superliga-2022 mavsumda jami 14 uchrashuvda (695 daqiqa) maydonda harakat qildi va 2 ta gol urishga erishdi. 

OFK kubogi doirasida 4 o‘yinda maydonga tushib, 177 daqiqa harakat qilib, o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

O‘zbekiston kubogida bahslarida 3 o‘yinda maydonga tushgan Halilov 2 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!