“So‘g‘iyona” jamoasi xayrli ishga qo‘l urdi
Yurtimizda 16 martdan karantin e’lon qilingani hamda barcha sport tadbirlari to‘xtatilganidan xabaringiz bor. Bularning barchasi dunyo jamoatchiligi diqqat-markazida bo‘lib turgan koronavirusga qarshi samarali kurashish yo‘lida qilinmoqda.
Jizzaxning “So‘g‘diyona” futbolchilari, murabbiylar shtabi va jamoa raxbariyati shunday sinovli kunlarda xalqimiz dardiga malham bo‘lish maqsadida xayrli ishga qo‘l o‘rishdi va o‘z maoshlarining ma’lum qismini karantinda qolayotgan aholi hamda mehribonlik uyidagi bolalar sog‘lig‘i uchun ajratishga qaror qilishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, jamoa a’zolaridan yig‘ilgan mablag‘ga qo‘shimcha tibbiy niqoblar, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa kerakli narsalar xarid qilindi va aholining ehtiyojmand qatlamiga tuhfa qilindi.



Fikrlar