Solari "Real"dan ketmoqchi emas
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Santyago Solari kecha “Ayaks”dan (4:1) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng “qirollik klubi” EChLdagi yurishini to‘xtatdi.
“Men hozir matbuot anjumaniga engilganimni aytish uchun kelmadim. Mavsum davom etadi. Bizda hali La Liga bor”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda peshqadam “Barselona”dan 12 ochko kam jamg‘argan holda La liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Shuni inobatga olsak madridliklarda chempionatni yutish uchun ham hech qanday imkon qolmagan.
Fikrlar