
Sonnen: "Yarim o‘rta vazn toifasida Pore uchun mukammal raqib bor"
Amerikalik aralash yakkakurashlar faxriysi, sharhlovchi va ekspert Chel Sonnen engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Porening kelajakdagi istiqbollari haqida gapirdi.
"Yo‘q, Dastin faoliyatini yakunlamaydi. U xayrlashadi, lekin MMA bilan emas, engil vazn toifasi bilan. Unga yarim o‘rta vaznda mukammal raqib bor. Uning ismi Kolbi Kovington", – dedi Sonnen You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni "UFC 302" musobaqasida Dastin Pore(30-9-1 N/C) Islom Maxachev(26-1)ga mag‘lub bo‘ldi. Ushbu jangdan keyin amerikalik faoliyatini yakunlashi mumkinligi aytdi.
Fikrlar