"Spartak" braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
Moskvaning "Spartak" klubi "Atletiko Mineyro"ning o‘ng qanot himoyachisi Guga Gomesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
TV Alterosa tarqatgan xabarga ko‘ra, Braziliya klubi ham, futbolchining o‘zi ham rus grandi shartlariga rozilik bildirgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, “Spartak” 21 yoshli braziliyalik fulbek uchun 4,5 mln evro to‘laydi.
Guga “Atletiko Mineyro” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Guga “Spartak”ning joriy yozgi transferlar davridagi 3-transferi bo‘ladi. Moskvaliklar bundan avvalroq, Aleksandr Kokorin va Oston O‘runovni sotib olgan edi.

Fikrlar