"Spartak" futbolchisida koronavirus aniqlangani rostmi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Spartak" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorinning rafiqasi Darya Valitova o‘zining "Instagram"dagi sahifasi orqali koronavirusga antitana shakllanganini ma’lum qildi. Bu esa bevosita futbolchining o‘zida ham COVID-19 aniqlangani haqidagi xabar tarqalishiga olib keldi.

Moskva klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Kokorinda koronavirus aniqlanmagan va butun jamoa muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazilib kelinmoqda.

Bilasiz, "Spartak" safida hamyurtimiz Oston O‘runov ham o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!