“Spartak” O‘runovning yordamiga umid qilyapti

  • 23 oktabr, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan “Spartak” jamoasini Rossiya premer-ligasining 12-turida qiyin o‘yin kutib turibdi. Moskvaliklar navbatdagi uchrashuvda o‘z maydonida har qanday raqibni mag‘lub etishga qodir bo‘lgan “Krasnodar” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

“Spartak” kuni kecha Rossiya kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvida quyi liga vakili “Enisey”ga yutqazib qo‘ygandi. Moskvaliklar asosiy tarkibida jarohatlanganlar ko‘pligi uchun kubok o‘yinida asosan yosh futbolchilar o‘ynadi.   

“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov krasnodarliklarga qarshi muhim o‘yin oldidan lazaretdagi futbolchilar safga qaytib, jamoaga yordam berishiga ishonayotganini aytdi.

- Bir necha futbolchilar safdan chiqqandi. Bo‘lajak o‘yinda Oston O‘runov, Esekiel  Ponse, Samyuel Jigo va Georgiy Jikiya bizga yordam berishiga umid qilyapmiz, - dedi Shamil Gazizov.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan edi. Shu bois, yarim himoyachimiz bosh jamoa tarkibida Eron va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmadi. Shuningdek, “Spartak”ning ham ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi.

 “Krasnodar” – “Spartak” uchrashuvi 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FANAT-MYU
23/10/2020 20:16
O‘h Ostonni ham Eldorni ham o‘yinni bir vaqtda boshlanar ekanda qaysi birini ko‘rsak bo‘larkana