"Spartak" shveytsariyalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

  • 09.08.2020 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning "Spartak" klubi "Sankt-Gallen" o‘ng qanot himoyachisi Silvan Xeftini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Vyacheslav Korotkin xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rus grandi 22 yoshli shveytsariyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Ammo u “Spartak”ning asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi.

Xefti "Sankt-Gallen" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!