"Spartak" "Tottenxem" himoyachisiga qiziqmoqda
"Tottenxem" klubi himoyachisi Serj Ore moskvaliklar qiziqishlari doirasida turibdi.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, "shporlar" 27 yoshli futbolchini shu transfer oynasidayoq sotib yubormoqchi. O‘ng qanotga Mett Doerti olib kelganligi sabab, Serjga ishonch bildirilishi dargumon. Bu vaziyatdan "Spartak" foydalanib qolishi mumkin. Chunki londonliklar uni pastroq narxga ham qo‘yib yuborishi hech gap emas.
Orening amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Uning transfer narxi 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar