"Sport.es": PSJ Neymarni sotadi

  • 20.07.2019 18:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, PSJ Neymar borasida bir to‘htamga keldi va klub forvardni sotishga qaror qildi.

Manbaga ko‘ra, Neymar klubni aniq tark etadi. Braziliyalik jamoani tark etish istagini bir necha bor bildirgan. PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel forvardning kayfiyatini bir necha oy ilgari sezib ulgurgan.

Futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirgan. Aynan ispan jamoasidan PSJga 222 mln evro evaziga transfer qilingan edi. Avvalroq, Parij klubi futbolchini sotib olishda ishlatgan summasini qaytarib olishni xohlayotganligini oshkor qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!