SPORTS.uz Belgrad-2021: Shohjahon Abdullaevning jangi ikkinchi raundda yakunlandi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 27 oktyabr kuni musobaqaning uchinchi kuni start oldi. Kun doirasidan bir nafar hamyurtimizning jangi o‘rin olgan.
Shohjahon Abdullaev (-86 kg) belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu jang boshlandi.
Birinchi raund.
Belgiyalik bokschi dastlabki daqiqalarda yaxshi harakat qildi. U hamyurtimizni zarbasi bilan qulatib hisob ochilishiga majbur qildi.
Keyinroq Shohjahon o‘zida kuch topdi. Biroq dastlabki raund raqibining foydasiga ishladi.
Ikkinchi raund.
Bu raundda vakilimiz o‘ng qo‘lda zarbalar berishni uddaladi. Biroq ularning aniqligiga hakamlarning qarori orqali bilib olamiz. Mana endi chap qo‘lda ham zarba bermoqda. Aniqlik bor. Ikkinchi raundda Shohjahon muvozanatni tiklashga urinmoqda.
Afsuski, ikkinchi raundning oxirida Shohjahon nokautga uchradi. Shu tariqa, Shohjahon jahon chempionatidagi yurishini ilk bosqichdayoq yakunladi.
Fikrlar
Тўғриси роса алам қилиб кетди. Ҳеч кутилмаганда содир бўлган ишлар. Ютиб турган 2- раундда.
Жуда тажрибасиз 19 ёшли йигитни этишибди. Андижонданми? Шу боланинг ўрнига Жамшид Абдуллаевни этиш керакмиди??? Ёки Дилшодбек Рўзметовга яна ишонч билдириб этиш керакмиди. Бугунги йўқотиш ҳам кечагиданда жиддий бўлди. Омад йигитларга киейнги жангларда Аллоҳ қўлласин.