SPORTS.UZ muxbiri Yuriy Belous bilan qo‘ng‘iroqlashdi

  • 7 noyabr, 2022, 09:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamiz yaqinda Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Tecno

Shu munosabat bilan bo‘lajak o‘yin haqida suhbatlashish maqsadida Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi – Yuriy Belous bilan qo‘ng‘iroqlashdi.

62 yoshli Yuriy Viktorovich Rossiya premer-ligasida bir qancha klublar prezidenti sifatida ishlagan va hozirda u o‘zining kompaniyasiga ega bo‘lib, iqtidorli yoshlarni Rossiya klublariga jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Ma’lumot uchun, Jasur Jaloliddinovning “Lokomotiv” (Moskva) klubiga o‘tishini ushbu mutaxassis tashkillashtirgan.

Belous bizning taklifimizga rozilik bildirganidan keyin u bilan bo‘lajak O‘zbekiston – Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin muhokamasi, Eldor Shomurodov, Jasur Jaloliddinov va yana boshqa dolzarb masalalarda suhbatlashdik. Aytish mumkinki, u suhbat davomida bir qancha muhim gaplarni ham aytdi.

Yaqin vaqtlar ichida saytimizda eksklyuziv suhbatni o‘qiysiz. Bizni kuzatishda davom eting!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!