Srechko Katanets: O‘zbekiston MTJdagi maoshi, futbolimizga berilgan baho, yurtimizdagi eng kuchli klub va boshqalar haqida

  • 27 avgust, 2021, 16:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq ma’lum qilganimizdek, bugun O‘FA majlislar zalida terma jamoaning bo‘lajak bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Anjuman 15:00ga belgilangan.

Tecno

Unda sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets ishtirok etadi va bir qator savollarga javob beradi. Quyida ana shu jarayonlarni o‘qib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumanini JONLI EFIRda tomosha qiling (Videotranslyatsiya)

katanets3

Matbuot anjumani boshlanishidan avval O‘FA matbuot xizmati bugun Srechko Katanetsning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Shartnomaga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

photo_2021-08-27_14-52-42

O‘FA majlislar zaliga Srechko Katanets va uning murabbiylar shtabi kirib keldi. Birinchi bo‘lib O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi.

- Bugungi kungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlashdi katta ish olib borildi. Tahliliy yondoshildi. Bu borada 30ga yaqin murabbiylarni tahlildan o‘tkazdi. Ular orasida katta nomlar ham bor. Lekin O‘FA murabbiylar kengashi bir necha omillarga javob beradigan mutaxassisni tanladi. Bunda biz Evropa futbolidan xabardor bo‘lishi, yurtimizda ishlash istagi va doimiy ravishda O‘zbekistonda bo‘lib chempionatimiz va futbolchilarimizni kuzatishi lozim.

Futbol tezlashib ketmoqda. Shuning uchun ishni yaxshi tashkil qila olishi lozim bo‘lgan murabbiyni tanlashimiz kerak edi. Futbolchilarning ham har biri turlicha harakterga ega. Shu bois murabbiy bu jihatlarga javob berishi darkor. Yosh va moddiy tomoni ham inobatga olindi. Yakundan 30ga yaqin murabbiydan 3-4 mutaxassis qoldi. Muzokara davomida Katanetsning talablari yuqoriligi, tartib-intizom va futbolchilar vatan uchun o‘ynamasa mening qo‘l ostimda bo‘lmaydi, degan fikrlarni bildirdi. Natijada, O‘FA rahbari ham Srechko Katanetsni qabul qildi va murabbiy hamda O‘FA vakillarining fikri bir joydan chiqqani uchun bu nomga to‘xtaldik. Hozirgina biz shartnoma imzoladik...

Katanets yurtimizga kelib, maydonlarni tekshirdi va shunda bizga maydonlarni yaxshilab berish talabini qo‘ydi. Kubok va chempionat doirasidagi o‘yinlarga borib, mashg‘ulotlarni ham ko‘rdi. Futbolchilarni mashg‘ulotlarda ishlashini ko‘zi bilan ko‘rib, o‘zi uchun qayd etib qo‘ydi, - dedi Ravshan Ermatov.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida 5 nafar xorijlik mutaxassis ish olib borishi e’lon qilindi. Alesh Cheh va Vlado Radmanovich yordamchi murabbiy sifatida Srechko Katanetsga ko‘maklashadi. Martin Magister jamoa a’zolarining jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo‘ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanets o‘rin olgan.

Srechko Katanets: Men murabbiylar shtabim bilan O‘zbekistonda bo‘lib turganimdan xursandman. Biz O‘FA rahbari va birinchi vitse-prezidentiga rahmat aytmoqchiman. Ular terma jamoa bilan ishlash imkonini berdi.

Bizning maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish. Lekin oldimizda juda ko‘p qilinadigan ishlar bor. Buning uchun biz iqtidorli yoshlarni topishimiz lozim. Muxlislardan g‘alaba va mag‘lubiyatlarda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rardim.

Avvalgi murabbiylar yo‘l qo‘ygan xato va o‘zgartirishlar? O‘zbekistonga kelganimizga bir hafta bo‘ldi. Terma jamoadan yoshi katta futbolchilar ketgan. Endi ularning o‘rniga yoshlarni topishimiz darkor. Avvalgi murabbiylarga baho bera olmayman. Lekin o‘zbek futbolchilari texnik tomondan yaxshi. Biroq taktik va jamoadagi atmosferini to‘g‘rilash uchun ishlashimiz lozim. Chunki terma jamoada men emas, biz degan so‘z bo‘lishi kerak.

Futbolda ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Mening harakaterim shundayki, har bir mashg‘ulotda, o‘rtoqlik o‘yinida ham kurashishga va yutishni xohlayan. Shuni futbolchilarga singdrishni istayman. Mana shunday muhit jamoada shakllanishini xohlayman. Albatta, Osiyo chempionati muhim musobaqa va unda har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Lekin qit’a miqyosidagi turnirda yaxshi qatnasha olmasak nima bo‘lishini bilmayman. Uni rahbariyatdan so‘rash lozim.

Men o‘yinlarni ko‘rdim. Futbolchilar bizni taktikaga, taktikamiz futbolchilarga ham to‘g‘ri kelishi kerak. Bu juda muhim. Katta tajribaga ega o‘yinchilar taktikaga o‘zini moslashtira olishi darkor. Bu futbolchining o‘ziga ham bog‘liq. Chunki zamonaviy futbol shunday. Raqib kuchli bo‘lsa, unga qarab o‘zini boshqarishi kerak.

Qaysi klubning o‘yini yoqdi? futbolchilar borasida taassurotlarim? Biz ko‘p o‘yinlarni ko‘rmadik. Bir futbolchi bitta uchrashuvda zo‘r, qolganlarida yaxshi o‘ynay olmasligi mumkin. Shuning uchun ozgina vaqt kerak. "Paxtakor" O‘zbekistondagi eng kuchli klub va shu jamoadan terma jamoaga ko‘p futbolchilarni jalb qilamiz. Bu tabiiy jarayon. Muhim pozitsiyalardan xorijda faoliyat yuritadigan futbolchilar bor ekan.

O‘FAdan taklif tushganda, o‘rgandim, tahlil qildim. Murabbiy o‘zgarayotgan bo‘lsa, demak jamoada nimadir yaxshi emas. O‘zbekiston terma jamoasini eshitganimda, hayolimga yaxshi va texnikali futbolchilar keladi. Yordamchilarim bilan o‘yinlarni ko‘rib chiqdik. Bu yuqoriroq darajaga chiqish uchun yaxshi. Ko‘tarilish uchun kurashishni, bitta jamoa bo‘lishni, hech qachon engilmaslikni singdirishimiz kerak...

Ertadan milliy terma jamoa yig‘inga kirishadi. Futbolchilar ro‘yxatini keyinroq e’lon qilamiz. Futbolchilar ro‘yxati murabbiylar shtabi va O‘FA vakillari bilan maslahatlashib shakllantiriladi. Chunki biz yaqindagina keldik.

Klublar bilan aloqa o‘rnatish muhim. Ularsiz maqsadga erisha olmaymiz. Chunki futbolchilar ko‘p vaqtini klubda o‘tkazadi. Masalan, "Paxtakor" yoki boshqa jamoa OChLni yutsa bizga yaxshi. Chunki bu terma jamoaga ko‘proq futbolchilar jalb qilishga imkon beradi. 

Har doim g‘alaba qozonishni istaymiz va bunga harakat qilamiz. Lekin aksi kuzatilsa, futbol jamoatchiligi, jurnalistlar fikr bildirishi hamda tanqid qilishi mumkin. men buni to‘g‘ri qabul qilaman. Sizlar bilan birgalikda echim izlab, ishlashga intilaman.

Ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday akkauntim yo‘q. Buning uchun vaqt bo‘lishi kerak. Men OAV uchun har doim ochiqman va savollarga javob beraman.

O‘zbek futboliga 10 ballik tizimida necha ball qo‘yaman? Bu sizning ishingiz, mening emas.

Murabbiylar shtabimdan dastlabki oylarda mahalliy mutaxassis kerak, biz futbolchilarni bilib olgunimizga qadar. Lekin bizga bitta yaxshi tarjimon kerak. Hafa bo‘lsam, u ham ranjiydigan, xursand bo‘lsam, quvonadigan. Futbolchilarni tanib olganimizdan so‘ng biz ular bilan bitta tilda gapiramiz, u ham bo‘lsa futbol tilida.

Har bitta hujumimiz himoyaga asoslangan holda tashkil etiladi. Shu bois himoyachilar tezlikda va aql bilan o‘ynashda bizga qo‘l kelishi zarur. Dastlabki uchrashuvlardan ko‘rib, qanday o‘yin namoyish eta olishimizni belgilab olaman. Tahlillarni ko‘rdim. Jamoa bilan himoyaviy o‘yin ko‘rsatib, jamoa bilan aniq bir uslubga tushib olamiz. Undan tashqari bellashuvlarda strategiyalar tuzib chiqamiz. 

Maoshim? Mening asosiy maqsadim, terma jamoaga murabbiylik qilish, g‘alaba qozonish. Pul haqida o‘ylaymayman (murabbiy maoshini aytishni istamadi), - dedi Srechko Katanets.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/08/2021 17:01
Pahtakordan haqiqatdan. kuchli uyinchila ayni eski Nasafchila va Nasaf tarbiyasini olib. tuliq Nasafcha uyinni shakllanterish uchun. harakat qilgan. uyinchila ayni. Sherzod Azamov. Farruh Sayfiev. Odil Hamrabekov. shular tortadi. Darvozaga farant sefatiga. Sanjar Quvvatovni ham olish kerak. hohlaymizmi yuq tajribali va Fudbol uziga tuliq shakllantergan tarbiya olgan joyidan klass bobiga kuchli ijrochilarni atrofiga uyin tashkillashtersa shuncha yahshi. masalan Pahtakor tugri yuldan bordi ayni. Shota Nasafni ijrochilarini atrofiga uyin tashkillashterib.