Stallone filmida sur’atga tushgan bokschi Joshuaga murabbiy bo‘lmoqchi

  • 14 iyun, 2019, 15:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarimog‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Antonio Tarver, superog‘ir vazn toifasidagi Entoni Joshuaga Endi Ruis bilan bo‘ladigan revansh  jangida o‘z xizmatidan foydalanishni taklif qildi.

Tecno

“ Chempion senga tiklana olishing uchun jahon darajasidagi tajribali murabbiy kerakligini eshitdim. Meni nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shsang bo‘ladi. Chunki, faoliyatim mobaynida kerakli tajribani to‘play oldim. Barcha darajani bosib o‘tdim. Qolaversa, menda ajoyib muloqot qobiliyati bor. Menga imkon bering va bundan siz pushaymon bo‘lmaysiz. Chunki, jahon tajribasiga ega va muloqot qobiliyati yaxshi shakillangan murabbiy bilan ishlash qanday natijarga sabab bo‘lishini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ymoqchiman”-  deya o‘z fikrini shaxsiy internet saxifalarida qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz: Ushbu bokschi afsonaviy Roy Jonsni g‘alabali seriyasiga chek qo‘ygan edi. Qolaversa, kino olamida Silvestr Stallonening  “Rokki Balboa” filmida ham sur’atga tushgan.

4f0d7d95afcae

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!