Sterling APL klubiga ijara asosida o‘tishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Rahim Sterling qishki transferlar vaqtida yangi klubga o‘tishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli futbolchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. "Qarg‘alar" yanvar oyidayoq Sterling transferini amalga oshirishi mumkin, ammo hozircha gap ijarа haqida ketmoqda. Shu bilan birga, shartnomaga 23 million yevrogacha sotib olish bandi kiritilishi mumkin.
Sterling 2022 yildan beri "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u beror marta maydonga tushmadi, chunki "ko‘klar" bosh murabbiyi Enzo Mareska unga ishonch bildirmayapti.
Sterlingning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini besh million yevroga baholamoqda.
Fikrlar