Sterling Saudiya klubigi o‘tishni rejalashtirmayapti

  • 2 sentabr, 23:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Raxim Sterling Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni istamayapti. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

30 yoshli futbolchi "Chelsi"da qolmoqchi va u erda haftasiga 300 ming funt sterling maosh bilan eng yuqori haq oladigan futbolchi hisoblanadi. Sterlingning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi ikki mavsumga mo‘ljallangan.

Avvalroq matbuot Raximni "Fulxem" bilan bog‘lagan edi, ammo transfer amalga oshmadi. Etakchi ligalarda yozgi transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, ba’zi mamlakatlarda, jumladan Rossiya va Saudiya Arabistonida hali ham ochiq.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!