Steshevich: "VAR bo‘la turib, agar noto‘g‘ri qaror chiqargan bo‘lsa..." yoxud "Metallurg" hakamlar ustidan shikoyat qilmoqchi

  • 16 may, 2023, 08:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” klubi uchun ushbu tur ham omadsiz o‘tdi. Sababi, Superliganing 10-tur doirasida “Nasaf”ni qabul qilgan bekobodliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradilar.

Tecno

Garchi bahs avvalida mezbonlar tezkor gol urgan bo‘lsalar-da, uchrashuv oxiriga qadar ikkita to‘p o‘tkazib yubordilar.

Mag‘lubiyat bilan yakun topgan uchrashuvdan so‘ng “Metallurg” ustozi Vesko Steshevich e’tirozli ohangda fikr bildirdi.

- O‘yin haqida nima deya olasiz?

- Bunday mag‘lubiyatli o‘yindan keyin biror-bir fikr bildirish juda qiyin. Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik. Raqib darvozasiga gol urdik. Ikkinchi raqamda harakat qilib, taktik jihatdan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymadik. Bugun shogirdlarim maydonning har bir qarichi, har bitta to‘p uchun kurashishdi. Bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi, ularga e’tirozim yo‘q. “Nasaf” juda kuchli, sifatli jamoa. Ammo alam qiladigan jihati ular hisobni penaltidan tenglashtirishdi. Menga aytishlaricha penalti bo‘lmagan, o‘yin qoidasi jarima maydonidan yarim qadam tashqarida buzilgan. O‘yinda VAR bo‘la turib, ular agar noto‘g‘ri qaror chiqarishgan bo‘lishsa, tushunmadim to‘g‘risi. Bu esa o‘yinning yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatdi. Yigitlar kurashib, alamli yutqazishdi.

vesko3

-  “Metallurg” Superligada eng ko‘p gol o‘tkazib yuborayotgan jamoa. Himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun qanday choralar ko‘rilyapti?

-  Biz ayni paytda ixtiyorimizdagi mavjud o‘yinchilarning xizmatidan foydalanishga majburmiz. Himoya chizig‘ini albatta kuchaytirishimiz kerak. Bu borada izlanishdamiz. Hali birinchi davra tugashiga vaqt bor. Yana to‘rtta o‘yinni o‘tkazib olishimiz zarur. Keyin davralar oralig‘ida rahbariyat bilan kelishgan holda kamchiliklarimizni bartaraf etishga jiddiy kirishamiz.

-  Bugun Abror Toshqo‘zievning oldingi chiziqda o‘ynaganini ko‘rdik. Bu raqibning o‘yinini tahlil etish natijasida qabul qilingan qarormi yoki boshqa sabablar ham bormi?..

-  U muqaddam ham markaziy hujumda, hujum chizig‘ida o‘ynagan. Abrorni bejizga bu nuqtaga qo‘ymadik. U zimmasiga yuklatilgan vazifani yomon bajarmadi. Raqibning markaziy himoyachilarini ushlab turdi.

steshevich4_1

-  Sir bo‘lmasa tanaffusda shogirdlaringizga qanday ko‘rsatma berdingiz? G‘alabali hisobni saqlab qolishga ko‘rsatma berdingizmi...

-  Biz himoyani mustahkam ushlab, raqibning xatosini kutish bo‘yicha ko‘rsatma bergandik. Ya’ni hisobda ortda qolayotgan jamoa istaydimi yo‘qmi oldinga tashlanishi kutilgandi. Biz esa himoya chizig‘idagi bo‘shliqlardan unumli foydalanib, qarshi hujumda ularni jazolashimiz lozim edi.

-  Tezkor gol “Metallurg”ning planida bormidi? Ibrohim Ibragimovning jarohat olgani o‘yinning borishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?

-   Agar bizda tanlash imkoniyati bo‘lganida tezkor gol emas, 90-daqiqada kiritilgan gol va undan keyin o‘yinning tugagani ma’qul edi. Biz bugun yomon o‘ynamadik. Biz tezkor goldan tashqari ham bir qancha vaziyatlar yaratdik. Afsuski, ulardan foydalana olmadik. Ibrohimning jaroxatiga kelsak, albatta o‘yinning sifatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Ibragimov bilan biz maydon markazida to‘pni yaxshi ushlab turamiz. Uning o‘rniga maydonga tushgan futbolchi ham nazarimda yomon o‘ynamadi.

P.S. Bizga ma’lum bo‘lishicha, “Metallurg” futbol klubi o‘z darvozasiga belgilangan penalti bo‘yicha protest yozmoqchi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Олег Мамай
16/05/2023 19:38
Если надоело сливать деньги в БК полагаясь только на псевдо экспертов и свою интуицию, если ставишь больше 1000 рублей, поверьте, я в свое время перелопатил тысячи сайтов и
могу посоветовать только один king-ball.ru все! Все остальное полная шляпа! Сам там беру прогнозы уже с 2015 года, ну нет в рутубе больше достойных сайтов НЕТУ ОТВЕЧАЮ!
Dolche& Gabana
16/05/2023 14:35
Сочинга кушилиб аклинам кетиб колибдику келгинди!!!! Курмисан черт судья вар билан канча гаплашти вардагилаям ахмокмасдур йук пенальтини берадиган даражада!!!!!! Лимани очик колдирди уйинчиларин опасный атакалани бошлаб бервурганидан уша вар кизил берди бунисига нима дейсан?????? Агар пенальти нето буганида эли насафни душмани чемпионат асия биринчиладан булиб жар солиб чикарди насаф нохак пенальти эвазига ютти деб и тонг сахардан чала судьясидан тахлилниям чиказарди сайтига!!! Так что узинда бувургин ютказдинг тан ол тренер эмассан буниям тан ол бошкалага осилмасдан
Dolche& Gabana
16/05/2023 14:35
Сочинга кушилиб аклинам кетиб колибдику келгинди!!!! Курмисан черт судья вар билан канча гаплашти вардагилаям ахмокмасдур йук пенальтини берадиган даражада!!!!!! Лимани очик колдирди уйинчиларин опасный атакалани бошлаб бервурганидан уша вар кизил берди бунисига нима дейсан?????? Агар пенальти нето буганида эли насафни душмани чемпионат асия биринчиладан булиб жар солиб чикарди насаф нохак пенальти эвазига ютти деб и тонг сахардан чала судьясидан тахлилниям чиказарди сайтига!!! Так что узинда бувургин ютказдинг тан ол тренер эмассан буниям тан ол бошкалага осилмасдан
&
Турсунов Рамазон
16/05/2023 10:44
Хакам имкон кадар пеналти бермасликка харакат килди.Имкони булмагандан ноилож пеналтини белгилади.Жарима майдонига икитилгани 200 фойиз куриниб турубди.Чидолмагандан нима килишини узи хам билмаяпти Металлург.