Suares "Barsa"dan ketsa millionlar tagida qoladi

  • 15 avgust, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Luis Suares Qatarning “Al-Arabi” klubidan manfaatli taklif oldi.

Tecno

Bu jamoani boshqarayotgan Xeymir Xalgrimsson urugvayli futbolchi bilan shaxsan bog‘lanib, uning jamoasiga ko‘chib o‘tishni so‘ragan.

2014 yildan buyon “Barselonada to‘p surayotgan Luis Suaresning klub bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanadi. Kataloniyalik yangi bitim haqida gap ochgani yo‘q. Aksiga olib, “Barselona” ham jamoani yoshartirish siyosatini boshlab yuborgan.

“Barselona” tarkibida 282 ta uchrashuvda 197 ta gol urgan Luis Suares jamoada qoladimi yoki arablar taklif qilayotgan ko‘p millionli kelishuvni tanlaydimi, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
16/08/2020 12:56
Кетиш вакти келдиео....