Suares "Barselona"da 37 yoshgacha o‘ynamoqchi edi
Urugvaylik hujumchi Luis Suares "Barselona"dan shartnomani yana 4 yilga uzaytirishni so‘ragan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Biroq kataloniyaliklar rahbariyati futbolchining yoshini va so‘nggi paytlarda kam gol urayotganini inobatga olib, ushbu so‘rovga rad javobini bergan. Shundan so‘ng 33 yoshli Suares “Atletiko”ga ko‘chib o‘tdi va “matraschilar” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Luis Suares “Barselona” safiga 2014 yil “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan 6 yil davomida jami 283 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 195 ta gol hamda 113 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar