Suares: "Enfild"da gol ursam nishonlamayman
Sobiq "Liverpul" yulduzi, xozirda esa "Barselona" klubi xujumchisi Luis Suares EChL yarim final bosqichi doirasida "qizillarga" qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrini bildirdi.
- Futbolni yoki umuman sportni tushunadigan inson Chempionlar ligasi yarim final bahsi qanday katta ahamiyatga ega ekanligini biladi.
"Liverpul" klubiga, muxlislariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Agarda "Enfild"da gol urishga muvaffaq bo‘lsam, ushbu golni nishonlamayman, - deya Suaresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es nashri.
Eslatib o‘tish joizki, urugvaylik futbolchi "Kamp Nou"da "mersisaydliklar" darvozasini ishg‘ol etganidan so‘ng golni nishonlagan edi.

Fikrlar