Suares faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi mu’lum
Madridning “Atletiko” klubi sobiq hujumchisi Luis Suares faoliyatini Urugvay chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Rodri Vaskesning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi “Nasonal”ga qaytadi. Luis mazkur klub tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2006 yilda ushbu jamoani tark etgan va Evropa bo‘ylab sayohatini boshlagan.
35 yoshli urugvaylik futbolchining so‘nggi klubi “Atletiko” hisoblanadi va 1 iyul kuni uning “matraschilar” bilan shartomasi yakunlandi. Suares hozirda erkin agent hisoblanadi.
Hujumchi o‘tgan mavsumda Madrid klubining barcha turnirlar doirasidagi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar