Suares jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi
"Atletiko" futbolchisi Luis Suares yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga klub yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchi ham yangi klubga o‘tishga norozilik bildirmayapti. Urugvaylik forvard allaqachon boshqa jamoaga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Suaresga "Inter", "Ayaks" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda. Uning qaysi jamoaga o‘tishi hozircha noma’lum.
Ma’lumot o‘rnida, Luis joriy mavsum La Liganing 26 bahsida 9 gol va 3 assist qayd etgan.
Fikrlar