Suares jarohat oldi
"Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares jarohat sabab jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi to‘pig‘idan jiddiy jarohat olgan. Ayni paytda u yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni kataloniyaliklar EChL yarim final javob bahsida “Enfild”da “Liverpul” mehmoni bo‘lishadi. Suares jarohati borligiga qaramay ushbu o‘yinda ishtirok etmoqchi.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 25ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar