
Suares "Leganes"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Kike Seten urugvaylik hujumchi Luis Suares La Liganing 29-turidan o‘rin olgan "Leganes"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini aytdi.
“Men hali Suares haqida bir qarorga kelganim yo‘q. Avval u bilan gaplashib olishim kerak. Biz uning salomatligi borasida ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim. Bunday uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng futbolchilarda mushak jarohatlari bo‘lishi mumkin”, - deydi Seten.
Eslatib o‘tamiz, Suares yanvarda operatsiya qilingan va 4 oyga safdan chiqqan edi. U o‘tgan tur “Malorka”ga (4:0) qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar