Suares Messi bilan har kuni gaplashadimi?

  • 23.03.2021 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" forvardi Luis Suares sobiq jamoasi "Barselona"ni hali ham kuzatib borishini va Messi bilan har kuni gaplashishini aytdi.

"Men ularning o‘yinlarini tomosha qilaman, chunki futbol ko‘rishni yaxshi ko‘raman va sobiq jamoamning o‘yinlaridan zavqlanaman. Men undan minnatdorman. Biz Lionel Messi bilan doimiy aloqadamiz, deyarli har kuni muloqot qilamiz.

Bilaman, meni "Barselona"da eslashadi va sevishadi. Men ham ularning men uchun qilgan barcha yaxshiliklaridan juda minnatdorman.

Men ularning "Real Sosedad"ga qarshi so‘nggi uchrashuvini tomosha qildim, unda 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ajoyib o‘yin. Jamoa shu kuni juda faol harakat qildi. Ushbu jamoa safida dunyoning eng kuchli futbolchilari o‘ynaydi", – dedi Suares Marca nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!