Suares Messining ahvolidan xavotirda
“Atletiko” hujumchisi Luis Suares eng yaqin do‘sti Lionel Messining atrofida bo‘layotgan voqealardan xavotirda ekanini bildirdi.
Men “Barselona” haqida ko‘p gapirdim. Endi buni chetga surib, “Atletiko”dagi jarayonlardan lazzat olishni istayman. Lekin Lionel Messining do‘sti sifatida uning holatidan tashvishdaman. Men Leo bu murakkab vaziyatdan chiqib ketishiga ishonaman, - dedi Suares.
Ma’lumki, joriy mavsum oxirida “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadigan Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi hamon ochiqligicha qolmoqda. Futbolchining o‘zi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Uni chaqirishi kutilayotgan “Manchester Siti” esa Messining yoshi o‘tib qolayotgani va katta maosh olishi tufayli uni transfer qilmasligini bildirdi. Avvalroq, “shaharliklar” qishki transferlar davrida Messi uchun 50 million funt xarajat qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar