Suaresning "Atletiko"dagi taqdiriga oydinlik kiritildi

  • 3 aprel, 2022, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda "Atletiko" bilan shartnomasi tugaydigan urugvaylik hujumchi Luis Suares faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Uni "Inter Mayami"da kutishmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Madrid klubi rahbariyati hujumchi bilan shartnomani uzaytirmaslik va mavsum oxirida uni qo‘yib yuborish borasida yakuniy qarorga kelgan.

Qayd etilishicha, urugvaylik futbolchiga Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan AQShning “Inter Mayami” klubi qiziqmoqda.

Suares joriy mavsum “Atletiko” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!