Sulsher iste’foga chiqarilmaydi. Chunki...

  • 8 oktabr, 2019, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yaqin orada iste’foga chiqarilmaydi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” rahbariyati norvegiyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqchi va iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Ta’kidlash kerakki, Sulsherni shaxsan klub vitse-prezidenti Ed Vudvord hamda klub xo‘jayini hisoblangan Gleyzerlar oilasi qo‘llab quvvatlamoqda. Ular MYu hozirda o‘tish davrida ekanini tushunib turishibdi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” joriy mavsum hozircha 11 ta o‘yin o‘tkazdi va shularning bor yo‘g‘i 3 tasida g‘alaba qozondi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!