
Sulsher Lukakuga Bundesliga klubidan o‘rinbosar topdi
“Ayntraxt” klubi hujumchisi Sebasten Allega yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda 24 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “Manchester Yunayted” kurash boshlagan. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher “Old Trafford”da ko‘rmoqchi. Norvegiyalik mutaxassis Alleni A Seriyaga ketishi aytilayotgan Romelu Lukakuga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Allega «Borussiya» Dortmund, «Vest Xem» va «Nyukasl» klublaridan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Ayntraxt» esa uning transferini 30-35 million evro atrofiga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Alle o‘tgan mavsum “Ayntraxt” safida 41ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 20ta gol urishga erishdi.
Fikrlar