
Sulsher Mataning MYuda qolishiga umid qilmoqda
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mataning jamoada qolishiga umid qilmoqda.
“Mata – ajoyib futbolchi. Yakuniy qarorni futbolchi hal qiladi. Biroq, biz uni qanday qadrlashimizni biladi. Ko‘ramiz, u bilan shartnomani uzaytira olamizmi yoki yo‘q. Agar u jamoada qolsa zo‘r bo‘lardi”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bu mavsum APLda 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar