Sulsher MYu tarixiga kirdi

  • 11 avgust, 2020, 07:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

«Manchester Yunayted» Evropa ligasi chorak finalida «Kopengagen» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqdi.

“Qizil iblislar” o‘z tarixida 17-marta evrokuboklarning yarim finallarida ishtirok etadigan bo‘ldi. Ole-Gunnar Sulsher esa, MYuni evrokuboklar yarim finaliga olib chiqqan tarixdagi 5-murabbiyga aylandi.

Endi MYu 1/2 finalda «Sevilya» – «Vulverxempton» juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 16 avgust kuni Kyolnda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!