
Sulsher MYuda "Nyukasl" futbolchisini ko‘rmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati hamon “Nyukasl” yarim himoyachisi Shon Longstaffni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 21 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlashmoqda. Ta’kidlash kerakki, “qarg‘alar” ushbu futbolchisini 50 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumotlarga qaraganda Longstaffni shaxsan MYu bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsum APLda bor yo‘g‘i 13ta uchrashuvda ishtirok etdi xolos. Boisi, mart oyida tizzasidan olgan jarohati sabab mavsumni erta yakunlashga majbur bo‘ldi.
Fikrlar