
Sulsherga ishonmagan futbolchi MYu taklifini rad etdi
O‘tgan mavsumda muammolar girdobiga ilinib qolgan Jessi Lingard “Vest Xem”ga ijaraga berilganidan keyin o‘yini keskin o‘zgardi va premer-ligada 16 ta uchrashuvda to‘qqizta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Vest Xem”yozda Lingardning transferini sotib olmoqchi bo‘ldi, biroq manchesterliklar bilan transfer summasi miqdorini kelisha olmadi.
Lingardning shartnomasi yozda yakunlanishini inobatga olgan “Manchester Yunayted” o‘yini ijobiy tomonga o‘zgarayotgan futbolchiga yangi shartnoma taklif qildi. Lekin Jessi bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherning unga etarli darajada imkon berishiga ishonmadi va taklifni rad etdi. Lingard bosh murabbiydan o‘yin amaliyotini kafolatlashni talab qilmoqda.
Fikrlar