Sulsherning agenti Angliyaga etib keldi

  • 28.03.2019 08:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ule-Gunar Sulsherning agenti Jim Solbakken Angliyaga etib keldi. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Solbakkenning tumanli albionga tashrif buyurishidan asosiy maqsad "Manchester Yunayted" klubi rahbariyati bilan uchrashib, ular bilan Sulsherning shartnomasini muhokama qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qizil iblislar” joriy haftaning o‘zidayoq norvegiyalik mutaxassis bilan to‘liq shartnoma imzolashlari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Sulsher MYu bosh murabbiyi lavozimida o‘tgan yilning dekabridan buyon ishlab kelmoqda. Jamoa uning boshqaruvida 19ta o‘yinning 14tasida g‘alaba qozondi. Shu bilan birga APLda kuchli to‘rtlikka qaytdi va EChLda PSJ to‘sig‘idan o‘tib chorak finalga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!