
Sulsherning talabi muxlislarga yoqadi
“Manchester Yunated” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya premer-ligasi etakchilari bilan raqobatlashish, ular darajasiga etish uchun katta transferlar va shunga yarasha xarajat qilish kerakligini ta’kidlamoqda.
- Hamma gap sifatda. Hozir tarkibimizdagi futbolchilardan yaxshi o‘ynaydiganlarini olish uchun katta xarajatga tayyor bo‘lish kerak. Chempionat cho‘qqisidagi jamoalar bilan tenglashishimizga hali ancha bor. Ular ancha oldinga o‘tib ketgan.
Biz esa hali o‘syapmiz va kuchimiz oshmoqda. Biz rivojlanish jarayonining cho‘qqisiga chiqqanimiz yo‘q, - dedi Sulsher.
Fikrlar