Sulsherning tanlovi o‘zgardi

  • 06.04.2021 14:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” transfer siyosatini o‘zgartirishga qaror qildi. Xususan, markaziy himoyani kuchaytirish ilinjida bir necha qimmatbaho futbolchilarni transfer qilishni mo‘ljallagan manchesterliklar bu fikrdan qaytdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsher himoya markazida o‘zini ko‘rsata boshlagan yosh futbolchini taklif qilmoqda. Asosiy nomzod sifatida “Lill”ning 22 yoshli futbolchisi Sven Botman tilga olinmoqda.

Aslida inglizlar bu o‘ringa “Sevilya” o‘yinchisi Jyul Kundeni taklif qilmoqchi edi. Biroq, ispanlar frantsiyalik himoyachi uchun 80 million evro talab qilgani manchesterliklarga to‘g‘ri kelmadi.

Botmanga o‘tgan yili “Liverpul” va “Tottenxem” ham qiziqqan edi. Yaqinlashib kelayotgan transferlar mavsumida manchesterliklarga aynan mana shu ikki jamoa xalaqit qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!