
Super hujumchi narxi bil yilda 70 millionga oshdi
“Lill” o‘z hujumichsi Viktor Osimxenning transfer narxini e’lon qildi.
“Napoli” bilan muzokara olib borayotgan frantsiyaliklar 21 yoshli nigeriyalik hujumchi 80 million evrodan past narxga sotilmasligini bildirdi. Ayni paytda bu futbolchiga Angliya premer-ligasi jamoalari ham qiziqmoqda.
“Lill” Osimxenni bir yil muqaddam “Sharlerua”dan 12 million evroga olib kelgan edi. Frantsiya chempionatida 27 ta o‘yinda 13 ta gol urib, 5 ta golli pas uzatgan yosh to‘purarning narxi qariyb 70 millionga ko‘tarildi.
Fikrlar