Super hujumchiga yangi jamoa topildi

  • 16.09.2020 22:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erkin agent maqomida yurgan Edinson Kavani faoliyatini “Inter”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Milanliklar tajribali to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi. Urugvaylik hujumchi “Barselona” yoki “Rael”ga o‘tib ketishga harakat qilayotgan Lautaro Martinesning o‘rnini to‘ldirishi rejalashtirilmoqda.

“Inter” Edinson Kavanining barcha talablarini inobatga olgan holda, unga manfaatli shartnoma tayyorlayotgani aytilmoqda. Avvalroq, Kavani bir necha klub bilan maosh borasida kelisha olmagandi.

Shuningdek, Edinson ikki marta o‘z xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilib, rad javobini olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!