Superfutbolchi Tuxelga to‘g‘ri kelmayapti

  • 28 noyabr, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy Tomas Tuxel taklifiga ko‘ra, hujumkor futbolchisi Kristian Pulishichni transferga qo‘ymoqda. Hozirdan bu futbolchiga “Liverpul” va “Barselona”dan chorlov bo‘lyapti.

Tecno

Germaniyalik mutaxassisning Pulishichdan voz kechishiga uning jarohatlarga moyilligi sabab bo‘lmoqda. Klub ko‘p jarohat oladigan futbolchini uzoq muddatli rejalariga kirita olmaydi. Qolaversa, Tomas Tuxel Kristian u qo‘llaydigan taktik sxemalarga mos emasligini ta’kidlamoqda.

“Aristokratlar” Pulishichni Dortmundning “Borussiya”dan 42 million funtga transfer qilgandi. Biroq, hozirgi vaziyatda ular futbolchini arzonroq summaga qo‘yib yuborishga tayyor.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” Pulishich transferiga etarli darajada pul topa olmagan. “Liverpul” mutasaddilari esa yanvar oyida “Chelsi”ga rasmiy taklif yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!