Superhujumchi “Nyukasl”da boshqa o‘ynamasligini aytib, uyidan ko‘chib ketdi

  • 12 avgust, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” rahbariyati va jamoaning shvetsiyalik to‘purari Aleksandr Isaak o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib bormoqda hamda yaqin o‘rtada bu masala echiladiganga o‘xshamaydi.

Tecno

Gap shundaki, Isaak faoliyatini “Liverpul”da davom ettirmoqchi. Arne Slot jamoasi bu o‘yinchi uchun “qarg‘alar”ga 110 million funt-sterling miqdorida badal puli taklif qildi. Ammo “Nyukasl” rahbariyati o‘yinchi sotilmasligini bildirdi.

Taniqlik jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Aleksandr Isaak “Nyukasl”da qolgan taqdirda ham boshqa bu jamoa uchun o‘ynamasligini uqtirgan.

Yana bir nufuzli manba – The Times nashri 25 yoshli futbolchi o‘zi uch yil yashagan uyidan ham ko‘chib ketganini yozdi. Bu xatti-harakatlar Isaak “Nyukasl”ga qaytib bormasligini ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Aleksandr Isaak “Nyukasl” libosida jami 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 62 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!