
Superklub “Barsa”ning eng zo‘r o‘yinchisini olib ketmoqchi
“Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan. “Aristokratlar” mavsum yakunlanishi bilan “Barselona” yarim himoyachisi Gavini olib kelmoqchi.
Manbalarning ta’kidlashicha, 18 yoshli iste’dodli futbolchining agenti Ivan de la Penya London klubi mutasaddilari bilan muzokaraga kirishgan.
Endi “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli Gavining ota-onasi bilan uchrashib, ularni o‘z rejalaridan voqif qilmoqchi va futbolchini Londonga ko‘chib o‘tishiga rozilik olishni rejalashtiryapti.
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes ham klub tarbiyalanuvchisining iste’dodi va imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Biroq, Gaviga badal summasi sifatida belgilangan 90 million evro transferni ro‘yobga chiqarish uchun etadi. Kataloniyaliklar moliyaviy inqirozdan qutila olmayotgan bir paytda 18 yoshli futbolchiga to‘lanadigan katta summadan voz kecha olmasligi aytilmoqda.
Fikrlar