Superklub “Real” yulduzidan yuz oʻgirdi

  • 06.04.2026 06:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning eng badavlat klubi “Pari Sen-Jermen” tarkibini Madriddning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan kuchaytirishni rejalashtirgan edi.

Bu qiziqish madridliklar yozda frantsiyalik futbolchini sotishi ma'lum bo‘lgandan keyin yanada ortib ketdi.

Avvaliga parijliklar ham Kamavinga transferini amalga oshirmoqchi bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, klub oxiri bu rejasidan voz kechgan. Kamavinga vakillarining o‘z mijozining xizmatini PSJga taklif qilgani ham vaziyatni o‘zgartirmadi.

Transfer News Live va Media Foot kabi manbalarning yozishicha, 23 yoshli futbolchiga asosan  Angliya Premer-ligasi klublaridan qiziqish bo‘lyapti.

Transfermarkt portali Kamavinganing qiymatini 50 million yevroga baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yarmigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Kamavinga “Real” tarkibida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!