Superkompyuter Fayzullaev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi

  • 25 oktabr, 2023, 17:47
  • 1
  • Futbol

Opta statistika platformasiga qarashli superkompyuter Rossiya Premer-ligasining 2023-2024 yilgi mavsumida qatnashayotgan jamoalarning chempionlikka erishish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Sun’iy intellekt hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy mavsumdagi chempionlik kurashida amaldagi chempion “Zenit”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. 12-turdan keyin 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan piterliklarning chempion bo‘lish imkoni 52 foiz darajasida belgilandi.

volga (1)_14

Aytish joizki, “Zenit” ketma-ket besh yildan beri chempionlik unvonini hech kimga bermay kelmoqda.

Joriy mavsum kutilmaganda peshqadamga aylanib olgan “Krasnodar” piterliklardan besh ochkoga o‘zib ketgan. Bu jamoaning o‘z tarixida ilk marotaba mamlakat chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati 41,9 foizni tashkil qildi.

Superukomyuter tahlillari bo‘yicha TsSKA jamoasi ham juda kam bo‘lsa-da, chempionatni birinchi o‘rinda yakunlashi mumkin. Ularning imkoniyati 2,3 foizga baholanmoqda.

Ma’lumki, moskvalik “armiyachilar” safida Abbosbek Fayzullaev to‘p tepmoqda. Avgust oyining boshida “Paxtakor”dan Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz qisqa fursatda TsSKA hujum chizig‘ida etakchi figuraga aylandi.

Bugungi kunda “armiyachilar”ning deyarli barcha hujumchilari o‘zbek legioneri orqali tashkil etilmoqda. TsSKA safida jami etti marotaba maydonga tushib, bittadan gol va assist qayd etgan hamyurtimiz ikki oy ichida to‘rtta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fayzullaevning TsSKAning sentyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi, “Krilya Sovetov”, “Spartak” va “Rubin”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlandi.

30640.120880.789

Demak, TsSKA futbolchilarida oz bo‘lsa-da, Premer-ligada g‘olib chiqish imkoni bor ekan. Bu klub o‘z tarixi davomida olti marta chempionlikka sazovor bo‘lgan. “Armiyachilar” oxirgi marta 2016 yilda oltin medalga ega chiqqan.

Opta Predictor superkomyuteri yana to‘rt jamoani g‘oliblar safida qayd etdi. Biroq, “Lokomotiv”, “Spartak”, “Krilya Sovetov” va “Dinamo Moskva”ning imkoniyatlari ancha past baholangan. Buni quyidagi ro‘yxatda ko‘rish mumkin.

“Zenit” - 52%;

“Krasnodar” — 41,9%;

TsSKA — 2,3%;

“Lokomotiv” - 2%;

“Spartak” - 1%;

“Krylya Sovetov” - 0,5%;

“Dinamo” — 0,3%.

Sun’iy intellekt hisobiga ko‘ra, qolgan birorta jamoa chempionlikka erishish salohiyatiga ega emas.

igrok-cska-fajzullaev-vyskaz

Eslatib o‘tamiz, TsSKA futbolchilari Rossiya Premer-ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 29 oktyabr kuni o‘z maydonida musobaqa peshqadami "Krasnodar"ga qarshi o‘tkazadi. 

Husanov Chempionlar ligasida debyut qilishini kutyapmiz. Bugungi o‘yinga oid 7-fakt!

O‘zbek futbolchilar gol urgan uchrashuvlarda yutqazmagan jamoa tarixda ilk bor chempion bo‘ldi

Ekspert Shomurodov nega gol ura olmayotganini tahlil qilib berdi

Ekspert: Muammo Shomurodovda emas, bunaqada hech qaysi hujumchi o‘zini ko‘rsata olmaydi!

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Xabibillo
25/10/2023 18:41
Андижон чемпион