Superliga: 3-turdagi olti o‘yinning boshlanish vaqtlari ma’lum. Ammo bitta uchrashuvning xatto qaerda o‘tkazilishi ham noaniq

  • 01.04.2019 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligasining 3-turi doirasidan o‘rin olgan 6 ta uchrashuv vaqtlari aniq. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Ular bilan quyida tanishib olish mumkin:

3-tur. 5 aprel, juma

ANDIJON — LOKOMOTIV    

18:00 PAXTAKOR — NASAF  

6 aprel, shanba

16:30 DINAMO — METALLURG

17:00 NAVBAHOR — BUNYoDKOR    

7 aprel, yakshanba

18:30 BUXORO — QIZILQUM    

17:15 AGMK — QO‘QON-1912   

19:15 SO‘G‘DIYoNA — SURXON

“Andijon” va “Lokomotiv” futbol klublari ishtirokidagi o‘yin masalasi ochiq qoldi. Bungacha “Navbahor” futbol klubi ikki bor boshqa stadionlar bilan muzokara o‘tkazishga ulgurdi. “Andijon” esa kelishuvga erisha olmadi.

Professional futbol ligasi “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvni “Metallurg” stadionida o‘tkazish taklifini berdi. Bu borada bekobodliklar ham “Andijon” klubini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. O‘zPFL “Sog‘lom avlod” stadionidagi ochilish o‘yini 3-turga to‘g‘ri kelishi masalasini yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak deb hisoblaydi. Viloyatda amalga oshirilgan ijobiy ishlar qisqa muddatli bo‘lmasligi yo‘lida bu jihat juda muhimdir.

Reglamentga ko‘ra, “Lokomotiv”ga qarshi bellashuv masalasi bir necha kun avval hal qilinishi kerak edi. “Sog‘lom avlod” stadionidagi o‘zgarishlar sababgina O‘zPFL klubga etarlicha imkoniyat taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvni Toshkentga ko‘chirishning imkoniyati yo‘q. Chunki shu kuni “Paxtakor” ham Toshkent shahrida o‘yin o‘tkazadi. IIB bilan kelishuvga ko‘ra, bitta shaharda bir vaqtning o‘zida ikki uchrashuv o‘tkazish imkonsiz. Uchrashuvni boshqa sanaga ko‘chirish masalasidagi xatlariga “Paxtakor”, “Navbahor” kabi klublar ham rad javobini olganidan kelib chiqib, O‘zPFL bu masalani ko‘rib chiqmaydi.  

Izoh: O‘zPFL o‘yinlar vaqtini belgilashda mezbon futbol klublarining takliflarini inobatga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!