
Superliga. 5-turda eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabon kim?
O‘zPFL tashkiloti 5-turdan so‘ng bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqladi. Xususan, "Qizilqum" posboni Ignatiy Nesterov o‘tgan turda eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabon bo‘ldi.
5-tur doirasida Toshkentda "Olimpik" bilan o‘ynagan navoiyliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Mazkur bellashuvda Nesterov 4 ta seyv ijro etdi. Shuningdek, bellashuv so‘nggida penalti qaytarishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Quyida kuchli uchlik bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar