Superliga. “Andijon” – “Turon” uchrashuvi Namanganda bo‘lib o‘tadi
Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Turon” o‘yini projektor bilan bog‘liq muammo sababli Andijonda o‘tkazilmaydi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
“Andijon” futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tkazadi. Uchrashuv 31 iyul — shanba kuni 20:00 da start oladi.
Tomonlarning II davradagi o‘zaro o‘yiniga reja bo‘yicha Yaypan shahri mezbonlik qiladi.

Fikrlar