
Superliga. Bugun chempion aniqlanishi mumkin!
Bugun Superliga 24-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ularning birida "Paxtakor" Toshkentda "Nasaf"ni qabul qiladi. O‘yin 18:15da start oladi. Bugungi bahsning ahamiyati juda katta. Agar "bugun "sherlar" g‘alabaga erishgan taqdirda 16-bor chempionlikni qo‘lga kiritishadi. Mehmonlar Toshkentda zafar quchadigan bo‘lsa, "Paxtakor" bilan oradagi farq bir ochko qoladi.
Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chempionat doirasida jamoalar jami 53 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 30tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 12 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 11 o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 78 bor ishg‘ol qilgan poytaxtliklar darvozasidan 47 gol o‘tkazib yuborgan.
Yana bir o‘yin Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Unda "Neftchi" "Olimpik"ni mehmon qiladi. Bu bellashuv ham 18:15da start oladi.
"Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida "Olimpik" jamoasi bilan Pro ligada 4 marta va Superligada 3 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan.Bularning 2 tasida "Olimpik" g‘alaba qozongan, 4 ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan va faqat bitta bahsda farg‘onaliklar ustun kelishgan.To‘plar nisbati 4:8 toshkentliklar foydasiga.
Fikrlar